
Unai Emeri: "Arsenal"ning maqsadi - APLni kuchli to‘rtlikda yakunlash
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasi APLda mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashiga ishonmoqda.
“Arsenal”ning maqsadi – kuchli to‘rtlikka kirish. Buning uchun esa biz qolgan uchrashuvlarda xuddi “Manchester Yunayted”ga (2:0) qarshi o‘ynaganimizdek o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Hozircha yaxshi ketyapmiz.
Shuningdek biz Evropa ligasida ham kurash olib boryapmiz. Lekin, eng muhim bu Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdir”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda 60 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar