
Unai Emeri: Hozir O‘zil haqida gapiradigan payt emas
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri ketma-ket 5 ta o‘yindan buyon maydonga tushmayotgan Mesut O‘zil haqida gapirdi.
“Biz va klub bitta strategiyani qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki, asosiy narsa bu jamoa va uning o‘yinidir. Bilaman muxlislar nimanidir bilishni istashadi, ammo hozir buning uchun qulay vaqt emas. Menimcha hozir O‘zil haqida gapirishning ham vaqti emas”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” bugun o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Fikrlar