
Unga “Chelsi” kerak emas
O‘tgan mavsum “Chelsi” tarkibida sermahsul o‘yin ko‘rsatib, futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushgan yosh hujumchi Temmi Abraxam yozda klubni tark etishga tayyorlanmoqda.
Londonliklarning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel asosan o‘z hamyurti Timo Vernerga ishonch bildirmoqda. Bu munosabat Temmiga yoqmayapti.Abraxam joriy mavsumda premer-ligada 20 ta uchrashuvda oltita gol urishga erishdi. Verner esa undan o‘n marta ko‘p maydonga tushdi va bitta kam to‘p kiritdi.
Hozircha, Abraxamga “Vest Xem”dan aniq taklif bo‘lyapti. Bu jamoa yaqinda “Ayaks”ga o‘tib ketgan hujumchi Sebastyan Allerning o‘rnini bosadigan hujumchi qidiryapti.
Tomonlar tez orada muzokarani boshlashi aytilmoqda. “Chelsi” yosh hujumchi uchun 50 million evro atrofida badal puli talab qilyapti.
Fikrlar