Unga oson tutmang! Alonsoning “Real”dagi eng katta muammosi aytildi

  • 25.12.2025 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiyaning “Komo” jamoasini muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan ispaniyalik murabbiy Sesk Fabregas yozda “Real”ga bosh murabbiy etib tayinlangan hamkasbi Xabi Alonsoning “Qirollik klubi”dagi eng asosiy muammosini aytdi.

- “Real”dagilarning hammasi juda yaxshi futbolchilar. Hammasi asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq. Hammasi o‘zini maydonga tushishim kerak, deb hisoblaydi.

Hamma aynan uning o‘zi uchrashuvlarda hal qiluvchi rol o‘ynashi shart, deb o‘ylaydi. Hammasi 50 million evrodan qimmat turadigan o‘yinchilar. Hammasi o‘z mamlakatlari terma jamoalarida o‘ynaydi. Ularni boshqarish esa, o‘ta qiyin ish, - dedi Sesk Fabregas   Marca nashri jurnalistlariga.

Xabi Alonso bir necha mamsuv davomida “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqargan edi. Uning qo‘l stida Leverkuzen klubi o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempionligiga sazovor ham bo‘lgan.

“Qirollik klubi” rahbariyati futbolchilik davrida “Real”da ham o‘ynagan Xabi Alonsoni katta umidlar bilan yozda bosh murabbiylikka olib keldi. Biroq uning ish uslubini jamoaning bir qator etakchi o‘yinchilari qabul qilgani yo‘q.

Keyingi paytda “Real”da ichki muhit a’lo darajada emasligi, jamoa o‘yini va natijalarida ham o‘z aksini topmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!