Unga o‘xshagan murabbiy yana qaerda bor? Yoxud Berdievni oldinda qanday sinovlar kutyapti?

  • 1 yanvar, 2021, 21:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf”ga befarq bo‘lmagan kishi borki, klubning bugungi holatidan tashvishga tushib qolishgan. Bu bejiz emas. Chunki “Nasaf” jamoasidagi vaziyatni barqaror deb bo‘lmaydi. Balki ushbu iborani ishlatganimizda biroz xissiyotlarga berilib ketgandirmiz. Biroq  jamoada yuz berayotgan holat chindan jiddiyroqqa o‘xshaydi. Yaqinda saytimizda xabar berilganidek, futbolchilar bilan to‘liq hisob-kitob yakunlangani yo‘q, qarzdorlik saqlanib qolmoqda. Ikkinchi o‘rin uchun medallar esa hali egalariga topshirilmagan.

Tecno

O‘zingiz bilasiz, “Nasaf” qanday mehnat bilan yakunda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilganini. Bu birinchi navbatda bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdievning ishga bo‘lgan sadoqati, bilimi hamda to‘g‘ri uslubni qo‘llashi kabi jasoratlari bilan bog‘liq. Yaqinda sports.uz saytiga bergan intervyusida o‘zi ham mavsum boshida “Nasaf”ning kumush medalni qo‘lga kiritishini kutmaganligini tan olgandi. Shunga qaramay, tinimsiz mehnat evaziga u boshqalarning taxminlarini yo‘qqa chiqardi. Axir yakunda Berdiev O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi va bu yo‘lda u chempion va Kubok sohibi Shota Arveladzeni ham ortda qoldirdi. Qizig‘i, “Nasaf” ustozi to‘rtinchi marta O‘zbekistonda tengsiz murabbiy deb topildi. Uning jamoada katta hajmdagi ishni bajarayotgani hech kimga sir emas. Murabbiy “Nasaf” bilan chempionlikdan boshqa barcha sovrinlarni qo‘lga kiritganini ham bilasiz.  

berdiev3_1

Endi o‘zingiz o‘ylang, agar “Nasaf”da Berdiev bo‘lmaganida klub qanday ahvolda qolardi? Boshqasi mana shunday natijalarga erisha olarmidi? Balki siz, axir “Nasaf”da tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, akademiya ishlab turibdi, yangidan-yangi iqtidorlar chiqyapti-ku, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, akademiyadan iste’dod egalari chiqyapti, ammo ularni asosiy jamoaga jalb qilish va ular bilan ishlash boshqa masala. Ro‘ziqul Sa’dullaevich aytganidek, bu katta mehnat va mashaqqat talab qiladigan jarayon. Chunki akademiyadan chiqqan bolalar birdaniga “Nasaf”ning asosiy tarkibiga munosib bo‘lib etib kelmaydi. Avvalo ularni to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalash, o‘rgatish va shakllantirib borish zarur. Bularning barchasi bosqichma-bosqich bajariladi va bunda Berdievning roli nihoyatda katta.

Yana bir gap: to‘g‘ri, klub akademiyasi ishlayapti, lekin etarli darajadami? Ya’ni, bir yilda necha nafar iqtidorni etishrib beryapti? Ularning barchasi futbolchi bo‘lib etishyaptimi? Eng asosiysi, Superligada “Nasaf” akademiyasidan chiqqan qancha tarbiyalanuvchi to‘p suryapti? Yoki faqat “Nasaf”da bor xolosmi? Bizningcha ham shunday. Agar shunchalik zo‘r bo‘lsa, unda Superliga jamoalarida akademiya tarbiyalanuvchilari to‘lib ketmaydimi? Tag‘in ham “Nasaf” akademiyasi Respublikada eng yaxshilaridan biri bo‘lib turibdi. Yoshlarning “Nasaf”da o‘ynab ketishi boya aytganimizdek, bosh murabbiy bilan bog‘liq. Ular Ro‘ziqul akani qo‘liga tushgach, ko‘plab kashfiyotlar paydo bo‘lyapti. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek, baribir klub akademiyasidan chiqayotgan iqtidorlar kam. Bu birgina “Nasaf” bilan cheklanib qolmasligi kerak. Muhimi, bosh murabbiyning o‘zi ham shunday fikrda. Endi o‘zingiz o‘ylang, Berdiev o‘rnida boshqa murabbiy bo‘lganida akademiya tarbiyalanuvchilaridan mana shunday jamoani yarata olarmidi? Ulardan zo‘r o‘yinchi etishtirib berarmidi? Bu albatta jumboqli savol. O‘ylaymizki, Berdievning nafaqat “Nasaf” yoki Qashqadaryo, balki o‘zbek futbolida o‘rni katta ekanligini yaxshi his qilib turibsiz. Aynan uning tarbiyasi, ko‘rsatmasi va mehnati bilan ko‘plab yoshlar terma jamoalarimiz darajasigacha etib kelishyapti.

berdiev1

Ro‘ziqul Berdiev qimmat o‘yinchilarsiz, mahalliy kadrlardan ajoyib jamoa tuzib, natija ko‘rsatib muxlislar mehrini qozonib kelyaptiyu, biroq klub tomonidan bu borada munosib e’tibor qaratilmayotgani yuqoridagi fikrlarimizga mos tushayotgandek. Har yili Berdiev mavsum tugagach, xavotirli vaziyatga tushib qolyapti. Negaki, o‘zi tarbiyalab, sayqal berayotgan o‘yinchilarining endi mevasini ko‘raman deganda boshqa klublar ilib ketib qolishyapti. Bu yo‘lda Ro‘ziqul Sa’dullaevich endi shogirdlarining rohatini ko‘raman deganda quruq qo‘l bilan qolyapti. Bu borada klubdan ham ijobiy harakat bo‘lishi zarurmi? Mana shunday vaziyatda uni qo‘llab-quvvatlash kerakmi-yo‘qmi? Demak, “Nasaf” rahbariyati ham bosh murabbiyga dalda bo‘lishi, uni qiynayotgan muammolarni bartaraf qilib berishi lozim-ku. Ammo bu masalada ham rahbariyatda oqsoqlik bordek.

Mana, barcha bildi, klub litsenziyalash masalasi bo‘yicha sustkashlik qildi, tegishli hujjatlarni vaqtida taqdim eta olmadi. “Nasaf” jamoasi esa Berdiev boshchiligidagi g‘alabali o‘yinlar ko‘rsatib kumush medalga ega chiqdi. Rahbariyat esa keyinchalik bo‘lsa ham tashkiliy ishlarga berilib litsenziyalashni yana qayta tayyorlashga kirishdi. Ammo qarshiliklar bu yil xalqaro maydonda ishtirok etadimi-yo‘qmi, bunisi hali aniq emas. Biroq Ro‘ziqul Sa’dullaevich va uning jamoasi o‘z vazifasini keragidan ortiq darajada uddalab qo‘ydi. Bu yog‘i rahbariyatga qolgan. Qarang, mana shunday murabbiy yana qaerda bor? Uning qo‘lida har yili yangidan-yangi kashfiyotlar chiqayotgan bo‘lsa, nahot... Agar Berdiev ham oxiri toqati toq bo‘lib, hammasiga qo‘l siltab ketib qoladigan bo‘lsa, nima bo‘ladi? Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bilan ishlashni istayotgan klublar talaygina.

berdiev4_2

Hattoki, uni “Paxtakor”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida nomzod ekanligi haqida ham aytilmoqda. Lekin Berdievning o‘zi Arveladzening ketib qolishiga ishonmagandi. Agar “Paxtakor”da chindan ham “Nasaf” ustozining varianti bo‘lsa bundan ajablanmaymiz. Hozirda “Nasaf”ning bir qancha futbolchilariga takliflar bor, ayrimlar ketyapti ham. Ko‘rinib turibdiki, murabbiy endi tayyor holatga keltirgan jamoasini yana boshidan shakllantirishiga to‘g‘ri keladi. Aslida u har yili shunday vaziyat bilan to‘qnashib kelyapti. Bu esa uning uchun alamli. Oldinda murabbiyni yana qanday sinovlar kutyapti? Agar klub mutasaddilari murabbiy uchun vaziyatni to‘g‘ri yo‘lga solmas ekan, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
03/01/2021 01:45
Макола анча субъектив. Бердиев энг зур тренер,лекин суперлига ёкин Узб чемпионатларидаги эмас,яъни Узбекистонда ишлаётган барча треннрла ичида энг зури,айримларга ёкмасаям Ш. Арви! Буни суровномаларда купчили эътироф килган. Купчиликни фикрига хурмат билан караймиз!
Насаф уйинчилари кетиб колаётшанига хеч ким айбдормас,уларни зурлаб ушлаб туришга хеч кимни хакки йук. Кайст футболчи каер,кайси шарт узига маъкул келса,уша ерда,уша шартнома буйича уйнайди. Буни профессионал ФУТБОЛ дейдилар!
Тугри Бердиев узблик тренерлар ичида зур деб топилди. Лекин ёш иктидорли футболчиларни у эмас ,футболчиларнинг ущ тиришкоклиги сабаб академия етиштирди. Уларни зурлаб Насафда ушлаб туриш улар талантини бугишдан бошка нарса эмас.
Кейинги масала ,Бердиев хам алмаштириб булмайдиган шахс эмас, Насаф у булмаса ундан хам зур тренер топаолиши мумкин. Шунингдек, Бердиев хакикатда кучли булса,бошка жамоада хам зур ишлаб кетиши мумкин.
Насаф жамоасида,дунё талабларига мос шарт шароит булмас экан, ПРОФЕССИОНАЛ ФУТБОЛ конунлари талаби буйича,унда иктидорли футболчиям,иктидорли тренер хам муким турмайди. Чунки профессионал мехнати ва иктидорига яраша шароит ва пулга эга булмоги лозим.
Дилшод Даврлнов
02/01/2021 10:19
Хозирги Насафдагидйк Рузикул Бйрдиевдек Жамони ва Мурабийни Соясига зор буласизлар Кузларингни очинглар Насаф УФК рахбарлаи Вилоят хокими ва бошка рахбарлар Бизга моддий ёрдам беринг ИЛТИМОС сизлардан Мухлислардан мурожат