Uni o‘ynatmasang, “Barsa”dan olib ketamiz

  • 31 oktabr, 2022, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli agent Jorje Mendesh qator mashhur o‘yinchilar qatori “Barselona”ning 19 yoshli futbolchisi Ansu Fati manfaatlarini ham himoya qiladi.

Tecno

Messining vorisi sifatida e’tirof etilgan ispaniyalik futbolchi ikki marta og‘ir jarohat olganidan keyin asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. Ansu Fati bosh murabbiy Xavi Ernandes unga etarlicha o‘yin amaliyoti bermayotganidan noroziligini bildirmoqda.

Jorje Menden agar murabbiylar shtabi munosabatini o‘zgartirib, Fatini asosiy tarkibda muntazam o‘ynatmasa, o‘z mijoziga boshqa ish joyi topib berishini ma’lum qildi.

“Barselona” rahbariyati bu holatga xotirjam munosabatda bo‘lmoqda. Chunki Fati yaqinda klub bilan 2027 yilgacha davom etadigan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, bu futbolchining badal puli bir milliard evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!