Uni sota ko‘rmang! “Chelsi”dagi vunderkind 10 ta klubdan taklif oldi

  • 12 aprel, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” akademiyasi Evropada eng sermahsul faoliyat ko‘rsatayotgan muassalardan. Har yili “Chelsi”ning o‘nlab tarbiyalanuvchilari boshqa jamoalarga jo‘natiladi. Ular orasida favqulodda iste’dodlilari ham  bor.

Tecno

Ana shundaylardan biri Levi Kolvilldir.

Ayni paytda markaziy himoyachi quyi ligada “Xaddersfild Taun” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Shunga qaramay, bu o‘yinchi qator klublar nishonda. “Nyukasl” hozirning o‘zida yosh futbolchi uchun 30 million funt taklif qilmoqda.

Xaridorlar orasida “Xaddersfild Taun” o‘zi, “Vest Xem”, “Lester Siti”, “Kristal Pelas” bor. Bundan tashqari, Germaniya, Italiya va Ispaniyadan yana kamida beshta klub Levini o‘z safida ko‘rmoqchi.

“Chelsi” muxlislari esa klub mutasaddilari iste’dodli himoyachini sotib yubormasdan, asosiy jamoaga jalb etishni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!