
Universiada-2019: O‘zbekiston delegatsiyasida ikkinchi medal
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada o‘yinlarining ikkinchi kun bellashuvlari o‘z poyoniga etib bormoqda. Quvonarlisi, ushbu kun doirasida bahslarga kirishgan terma jamoamiz vakillari yana bir medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi, deya xabar bermoqda MOQ sayti.
-73 kilogramm vazn toifasida kurashgan dzyudochimiz Hikmatilloh To‘raev Universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz dastlab Latviya, keyin KXDR, Italiya vakillarini mag‘lub etib, yarim finalda rossiyalik Evgeniy Prokopchukka imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa chernogoriyalik Marko Gusichni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi kun bellashuvlarida boshqa bir dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) ham shohsupaga ko‘tarilgan edi.
Fikrlar