
Usik va Fyuri jangi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar
17 fevral kuni Ar-Riyodda Aleksandr Usik(21-0, 15 KO) va Tayson Fyuri(34-0-1, 24 KO) o‘rtasida mutlaq chempionlik unvoni uchun og‘ir vazn toifasida jang bo‘lib o‘tadi.
25 yildan keyin og‘ir vazn toifalarida yangi mutlaq chempion paydo bo‘lishi mumkin - oxirgisi 1999 yilda Evander Xolifildni mag‘lub etgan Lennoks Lyuis edi. Usik va Fyuri bir necha yillardan beri jang o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borishdi va nihoyat ringda uchrashadilar.
Usik so‘nggi jangini o‘tgan yilning avgust oyida o‘tkazgan va o‘shanda Daniel Dyubuani texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. Oktyabr oyida Fyuri Frensis Ngannuni hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan. Saudiyadagi turnir doirasida jami sakkizta jang bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatli jihati, hamyurtimiz Bahodir Jalolov (14:0, 14 KO) ham ushbu kechada ringga ko‘tariladi.
Fikrlar