Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum!

  • 2 noyabr, 2023, 15:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

ESPN jurnalisti va taniqli insayder Mayk Koppingerning xabar berishicha, Tayson Fyuri(34-0-1,24KO) va Aleksandr Usik (21-0,14KO) o‘rtasidagi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang kelasi yilning fevral oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

"Tayson Fyuri va Aleksandr Usik fevral oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida og‘ir vazn toifasidagi mutloq chempionlik uchun jang qiladi. Bu haqda ESPN manbalari xabar berdi", - deb yozdi Mayk Tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz,avvalroq jang 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi mumkinligi aytilgandi, biroq Fyuri ungacha Frensis Ngannu bilan jangda olgan jarohatlaridan forig‘ bo‘lishga ulgurmasligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!