Usmon Nurmagomedov: "Arman Tsarukyan hech kim kutmagan ishni qildi"

  • 23.09.2026 16:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik MMA ustasi Usmon Nurmagomedov UFC yulduzi Arman Tsarukyan haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bu – MMA. Agar jang payti biror narsa ish bermasa, moslashingiz, oʻzgarishingiz va boshqa narsani sinab koʻrishingiz kerak. Albatta, hamma Armandan Ruffini yiqitishi, parterda ushlab turishi, nazorat va jangni shu tarzda olib ketishini kutgandi, ammo u hech kim kutmagan ishni qildi.

Tsarukyan – dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri. Agar uni hisobdan chiqarib, "stoyka"da bellasha olmaydi, deb oʻylasangiz, katta xatoga yoʻl qoʻygan boʻlasiz", - dedi rossiyalik "RED Corner MMA" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Usmon Nurmagomedovning PFL bilan amaldagi shartnomasi tugagan. Uning kelajakda qaysi ligada ishtirok etishi yil oxirigacha maʼlum boʻladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!