Usmon Nurmagomedovning kelajakda qaysi ligada jang qilishi deyarli aniq bo‘ldi

  • 18.08.2026 15:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Daniyel Kormye jamoadoshi Usmon Nurmagomedovni UFC ga o‘tishga ko‘ndirayotgani haqida videolar tarqalmoqda.

"Hoy Usmon, qachon UFC ga kelasan? Vaqtni behuda o‘tkazma. Endi gap tarix yaratish haqida ketyapti. Meros yaratish vaqti keldi. Sen UFC ning engil vaznli jangchilarini "qop" deb hisoblaysanmi? Unda kel va buni menga isbotla. Xabib ham UFC ga o‘tishing tarafdori. Hozir sen uni tinglashing kerak", - dedi Kormye ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videoda.

Eslatib o‘tamiz, engil vazn toifasida PFL chempioni Usmon Nurmagomedov o‘tgan oy oxirida erkin agentga aylandi va "UFC 330" turniridan bir hafta oldin u tashkilot vitse-prezidenti Xanter Kempbell bilan suhbatlashayotganini payqashdi, bu esa Usmonning UFC ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!