
“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining g‘oliblari ma’lum
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri dzyudo bo‘yicha an’anaviy “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga mezbonlik qildi.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida o‘tkazilgan turnirda 4 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. O‘z vazn toifalarida Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg), Dilshodbek Baratov (-73 kg), Ramazon Allaberdiev (-90 kg) va qoraqalpog‘istonlik Ernazar Sarsenbaev (+90 kg) chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.
Har bir vazn g‘oliblari medal va diplomdan tashqari 22, kumush medal egalari 14, bronza medal sohiblari esa 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati dzyudochilari 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan birinchi o‘rinni egallashdi. Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Jami 7 hudud jamoalari kamida 1 tadan bronza medalini qo‘lga kiritishgan.
“Uzbekistan Judo Tour” g‘olib va sovrindorlari:
-60 kg vazn toifasi:
1. Samariddin Qo‘chqorov (Toshkent shahri)
2. Asadbek Misirov (Surxondaryo)
3. Kamoliddin Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. Amirxon Nizomaddinov (Xorazm)
-73 kg vazn toifasi:
1. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)
2. Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (Surxondaryo)
3. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)
3. Obidxon Nomonov (Namangan)
-90 kg vazn toifasi:
1. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)
2. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)
3. Sultonbek Abdushukurov (Jizzax)
3. Ulug‘bek O‘roqov (Toshkent shahri)
+90 kg vazn toifasi:
1. Ernazar Sarsenbaev (Qoraqalpog‘iston)
2. Javohir Murodullaev (Qashqadaryo)
3. O‘tkirbek To‘raboev (Toshkent shahri)
3. Rufat Xudakov (Qoraqalpog‘iston)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar