
“UzDongJu” 5 yanvardan mashg‘ulotlarga kirishdi
Birinchi liga vakili “UzDongJu” jamoasi 5 yanvardan boshlab ikkinchi o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini boshlab yubordi.Mashg‘ulotlarni bosh murabbiy Nozim Mullaoxunov va Vadim Shadimatov, darvozabonlar murabbiysi Xamidillo Zokirovlar olib borishmoqda.
Mashg‘ulotlar jamoaning bazasi hisoblangan Sho‘rbuloqdagi maktab-internatning sunniy maydoni va trenajyor zalida ikki maxaldan olib borilmoqda. Yig‘in davomida 11 yanvar “AOZSK” va 18 yanvar “UzTongXo” jamoalari bilan nazorat o‘yinlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Jamoa a’zolari 21 yanvar kuni Toshkentdagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy – amaliy markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar