"Uzoqroq qolganimizda natijalar yanada yaxshilanardi" - "Bunyodkor"ning 37 yoshli sobiq legioneri yodingizdami?

  • 9 oktabr, 2021, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” klubida ko‘plab legionerlar o‘ynab ketdi-a! Ularning orasida eng mashhuri bu shubhasiz braziliyalik Rivaldo edi. Shu vaqt mobaynida dunyoning turli mamlakatlaridan kelib “Bunyodkor” uchun o‘ynab ketdilar. Ularning orasida yodda qolganlari va unutilib ketganlari ham bor-da.

Tecno

Agar muxlislarning yodida bo‘lsa, “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan xorijlik futbolchilar orasida Samir Bekrich ham bor edi. Bosniyalik ushbu legioner “Qaldirg‘ochlar” tarkibida 2014 va 2015 yilgi mavsumlar davomida to‘p surgan. Yarim himoyachi hammasi bo‘lib, “Bunyodkor”da 24 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bir bor gol muallifi bo‘lgandi.

20 oktyabr kuni 37 yoshni qarshilaydigan Bekrich hali ham maydonda javlon urib to‘p tepib yurganiga ishonasizmi? Bu haqiqat. Hozirgi paytda Samir Bosniya va Gertsegovina chempionatining etakchilaridan biri “Jeleznichar” jamoasida o‘ynayapti. U faoliyatida eng ko‘p aynan ushbu klubda to‘p surgan. Shu bois katta ehtimol bilan butsalarini “Jeleznichar”da mixga ilsa kerak.

bekrich

Umuman olganda, Bekrich sifatli futbolchi edi. U shu paytgacha yurtimizdan tashqari Bosniya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Eron chempionatlarida faoliyat olib bordi. Samir uchun “Bunyodkor”dagi faoliyati alohida o‘rin tutadi. Futbolchi Sports.uz uchun biroz vaqt ajratdi.

- “Jeleznichar” klubidagi faoliyatingiz qanday kechmoqda?

- Barchasi joyida. Bilasizmi, men hozir ham o‘zimni juda faol his etib biror-bir charchoqni sezmayapman. Hozircha hammasi shunday bo‘lar ekan, o‘ynashda davom etaveraman.

bekrich6

- “Bunyodkor” klubida olib borgan faoliyatingiz o‘zingizga yoqqanmi?

- Ha, “Bunyodkor”dek klub sharafini himoya qilish imkoniga ega bo‘lganimdan faxrlanib yuraman. Bizda ajoyib avlod vakillaridan iborat uyushqoq jamoa bor edi. Afsuski, mana shunday klub bilan ham Chempionlar ligasida yaxshi natija qayd eta olmaganmiz. Agar birgalikda uzoqroq qolganimizdami, yanada yaxshiroq natijalar qayd eta olardik.

- Jamoaning o‘yinlarini kuzatyapsizmi yoki...

- Albatta, “Bundyokor” ishtirokidagi har bir o‘yinni ko‘ryapman.

bekrich1

- “Bunyodkor”dagi eng yaqin do‘stingiz kim edi? Hozirda kimlar bilan aloqani saqlab qolgansiz?

- Bizda a’lo darajadagi jamoa bor bo‘lib, yigitlarning hammasi qoyilmaqom o‘yinchilar hisoblanishardi. Katta yoshdagi futbolchilar yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlab turishardi. Shuning uchun ham yoshlardan keyinchalik zo‘r futbolchilar etishib chiqdi. Jumladan, Sardor Rashidov, Rustam Ashurmatov, Doston Hamdamov, Otabek Shukurov, Akrom Komilov, Eldor Shomurodov kabi futbolchilarni misol sifatida keltirishim mumkin. Men hammasi bilan aloqani saqlab qolganman. Ularning muvaffaqiyatlarga erishishini sabrsizlik bilan kutib qolaman.

- O‘zbekistondagi faoliyatingizda sizni nima ajablantirgan?

- Odamlar meni quvontirib yuborishgan. Ulardan minnatdorman. Toshkent chiroyli shahar ekan. Hammasi uchun sizlarga rahmat.

bekrich2

- Bosniya va Gertsegovina bilan O‘zbekiston chempionatini taqqoslaganda qaysi biri kuchliroq?

- Bosniya chempionatini nisbatan kuchliroq deb hisoblayman. Agar O‘zbekistonda ham sifatli jamoalar etarli darajada bo‘lsa, birinchiligingiz yanada qizg‘in o‘tishi tayin. Hozir Bosniyadagi sharoit 10 yil oldingiga nisbatan ancha yaxshilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!