UzPFL futzal musobaqalarini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadamni tashladi

  • 20 mart, 2023, 20:32
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bir vaqtning o‘zida futzal chempionatlarini ham o‘tkazib keladi. Bugungi kunga kelib futzal Oliy ligasi, Birinchi liga, futzal bo‘yicha mamlakat kubogi va superkubogi kabi musobaqalar bevosita Liga tomonidan tashkillashtiriladi. 

Tecno

2023/24 yilgi mavsumdan boshlab futzalni yanada ommalashtirish uchun Liga navbatdagi qadamni tashladi hamda havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi bilan ishlashga qaror qildi. Kelishuvga ko‘ra, futzalni yoritib beriladigan alohida sayt ochilib, u tez orada ommaga e’lon qilinadi. 

Yangi sayt O‘zbekiston futzal chempionati uchrashuvlari, qaydnomalari, statistikalarini o‘zida to‘liq aks ettiradi. Shuningdek, futzal terma jamoalari ham chetda qolib ketmaydi. Mazkur sayt har bir professional futzalchi haqida ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan kontentga aylanib boradi. 

Shuningdek, O‘zbekiston kubogi musobaqasi uchun havaskor jamoalarni jalb etish kabi masala ham alohida o‘rganib chiqilayotganini qayd etish kerak. So‘nggi uch yilda Oliy liga va Birinchi liga ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa, endilikda quyi bo‘g‘inlarga ham kirib borish imkoniyatlari ochiladi. 

Ma’lumot uchun, futzalni ommalashtirish yo‘lida musobaqalar geografiyasi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bugunga kelib Liga futzal chempionati uchrashuvlarini nafaqat Toshkent, balki Farg‘ona, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Urganch kabi shaharlarida ham tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan. 2023/24 yilgi mavsumdan boshlab yana bir qator shaharlar mazkur ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin. Shuningdek, futzal chempionati o‘yinlari YouTube orqali jonli efirga uzatiladi. Ishonamizki, Havaskorlar futbolini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda biz yangi bosqichga qadam qo‘yamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!