
UZREPORT telekanali “UFC 261” turnirini jonli ravishda efirga uzatadi
25 aprel kuni AQShning "VyStar Veterans Memorial" arenasida “UFC 261” turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasida uchta chempionlik jangi o‘rin olgan. Ya’ni, markaziy jang yarim o‘rta vaznda chempion Kamaru Usman hamda Xorxe Masvidal o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, turniridan Veyli Jang va Rouz Namayunas, Valentina Shevchenko va Jessika Andrade, Yuraya Xoll va Kris Vaydman, Entoni Smit va Jim Krut o‘rtasidagi janglar ham o‘rin olgan.
Quvonarlisi mazkur musobaqaning jonli translyatsiyasi UZREPORT telekanalida 25 aprel kuni tongda Toshkent vaqti bilan soat 06:00 dan efirga uzatiladi.
Mazkur jang kechasi 25 va 27 aprel kunlari soat 21:20 da takroran efirga uzatilishi ham ko‘zda tutilgan.
Fikrlar