
UZREPORT TV Mahmud Muradov jangini jonli efirda namoyish qiladi
29 avgust kuni Las -Vegasda "UFC Vegas 35" turniri bo‘lib o‘tadi.
Kechaning markaziy jangida Edson Barbosa va Giga Chikadze o‘zaro to‘qnash keladi. O‘zbekistonlik MMA ishqibozlari uchun mazkur turnirning o‘ziga xos jihati shundaki, unda hamyurtimiz Mahmud Muradov okean orti vakili Jerald Mirshertga qarshi jang qiladi.
UZREPORT TV mazkur musobaqaga muxlislar tomonidan bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olib, "UFC Vegas 35" turnirini jonli efirda namoyish qiladi. Translyatsiya 29 avgust kuni erta tongda soat 07:00 da boshlanadi.
Shuningdek, jonli efirdan Brayn Batll - Jilbert Urbina, Rikki Tursioz - Bredi Xistend, Kevin Li, Daniel Rodriges, Andre Petrovski - Maykl Jilmor o‘rtasidagi janglar ham o‘rin olgan.
Bu borada UZREPORT TV kanalining rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Fikrlar