Uzreport TV Mahmud Murodov va Konor Makgregor jang o‘tkazadigan UFC 257 musobaqasi translyatsiya huquqini sotib oldi

  • 18 yanvar, 2021, 17:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Shu yilning 24 yanvar kuni muxlislar intizorlik bilan kutayotgan UFC 257 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda sayyoramizning eng kuchli kurashchilari yig‘iladi.

Musobaqaga bo‘lgan katta qiziqish va tomoshabinlar murojaatlarini hisobga olgan holda, Uzreport TV telekanali O‘zbekiston hududida musobaqa translyatsiyasi eksklyuziv huquqini xarid qildi.

Musobaqa Abu Dabi (BAA) shahri yaqinidagi «UFC jangchilar oroli» sport majmuasi tarkibidagi Yas orolida joylashgan «Flash Forum» sport arenasida 24 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:00da boshlanadi.

Musobaqaning asosiy jangida Konor Makgregor va Dastin Pore oktagonga chiqadi. Bu revansh jang bo‘lib, birinchi to‘qnashuvda Konor g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekistonlik muxlislar uchun mazkur musobaqaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda hamyurtimiz Mahmud Murodov o‘zining UFCdagi 3-jangini o‘tkazadi. Unga Endryu Sanches raqiblik qiladi.

Mazkur musobaqani takroran 24 va 25 yanvar kunlari soat 21:00da Uzreport TV da tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!