Vadim Abramov: "Andijon"ni keyingi yil mag‘lubiyatga uchratishga urinib ko‘ramiz
"Andijon" - "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach, tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Umuman olganda, chetlatilishga qadar g‘alabaga yaqin edik. Afsuski, g‘alaba qozona olmadik. Natijada durang o‘ynadik. Anvar G‘ofurovning yoshi sababli, uni zaxirada qoldirgan edim, chunki, u biroz dam olishi kerak edi. So‘nggi uch yildagi "Andijon" bilan safardagi o‘yinimiz durang natija bilan tugayapti. Kelasi yili harakat qilib ko‘ramiz g‘alaba qozonishga", - dedi Abramov.
Fikrlar