Vadim Abramov: Ertaga bizga chiroyli o‘yindan ko‘ra natija muhimroq

  • 9 oktabr, 2019, 17:38
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Yaman termasiga qarshi bahs olib boradi. Bugun mazkur bellashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov va sardori Odil Ahmedovlar ishtirok etishdi.

Tecno

"Barcha qanday vaziyatga tushib qolganligimizni bilib turibdi va vaziyatni o‘zgartirishga harakt qilamiz. Yaxishi, sifatli futbol ko‘rsatib muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.

Raqib safida 10-raqamdagi futbolchi maydonga tusha olmas ekan Saudiya Arabistoni va Singapurga qarshi bahslarda ular ikkitadan to‘p kiritishga erishganlar. Qarshi hujumlarga imkoniyat qoldirmasligimiz kerak.

OTJga qarshi bahs katta yordam berdi. Ammo ertangi bellashuv boshqa darajada. Ahmedov ertaga maydonga tushadimi? Buni uning o‘sha vaqtdagi holatiga qarab ish tutamiz. Unda kichik jarohat mavjud..

Bizning birinchi ishimiz g‘alaba qozonish, ertaga chiroyli o‘yindan ko‘ra natija muhimroq ", - dedi Abramov.

4711570624655

"Ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Oldimizga qo‘yilgan maqsadga etishish uchun ertaga faqat g‘alaba qozonishimiz zarur. Futbolda nima bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Termamizning mundialga chiqishini sizlardan ham ko‘proq men istayotgan bo‘lsam kerak", - dedi Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BBS UZB
09/10/2019 20:18
Odil balki o'qib qolarsan. Bilasanmi men sendan kattaman maqtanmayman, lekin, hoziram to'xtovsiz 1,5-2 soat futbol o'ynayman va umuman charchoq sezmayman. Senlar nega kashandaga o'xshab tillaring osilib qoladi hayronman. Eh futbolchi bo'lishimga sharoit bo'lmagan edi...
&
ахмад49
10/10/2019 08:45
Одилжон хафа булмангу Сиз термага нолойксиз,ёшингиз утиб колди,тезлигингиз хам зарбаларингиз хам олдингидай эмас,илтимос жойингизни ёшларга бушатиб беринг,хозир термага галаба керак, Сиз уйнасангиз 10 та булиб уйнагандай туйилади.
Komol Omon
09/10/2019 23:40
Давай болла омад
Эртага Одил и Шомадан яхши уйин кутиб коламиз
Тем более бизада энди Вадимакадака тренер бор
Олга узбекистон биз сенга ишонамиз
Hakimbek Odiljonov
09/10/2019 22:32
Bizda: Bitta vaziyatdan foydalanmasa " Ha oyog‘inga..."
Yevropa: Qarsak chalishadi harakat qilgani uchun...
Bizda: Men ham sendan "YAXSHI" o‘yneman...

Yevropa bilan bizni solishtirmoqchi emasman chiroyli qo‘llashni bilmemiz faqat yomonlemiz yomonlemiz ongimizga o‘rnashib qolgan bizdan keyingi avlodga ham o‘tadi bu hol ...

Futbolchilarimiz ham ikkilanib o‘ynashadi tan olish kerak bu achchiq haqiqatlarni ....
Murod Panjiev
09/10/2019 19:16
Одилни сроги утган захирада колгани яхши
&
Surxon turon
09/10/2019 18:08
Одил сен ӯйинга тушмасанг биз кӯпироқ хурсан бӯламиз