
Vadim Abramov ham bu xabarni tasdiqladi
Bugun Coca Cola Superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – AGMK (2:3) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” ustozi Vadim Abramov “Lokomotiv” a’zosi Jasur Jaloliddinovning yana “Bunyodkor”ga qaytayotganini tasdiqladi.
“Ha, Jasur Jaloliddinov tez orada safimizga kelib qo‘shiladi”, - dedi Abramov.
Jasur shu yoz aynan “Bunyodkor”dan “Lokomotiv”ga ko‘chib o‘tgan edi. Ammo "temiryo‘lchilar" legionerlar limiti tufayli hamyurtimizni RPL qaydnomasidan chiqarib tashlashga majbur bo‘ldi.
Fikrlar