
Vadim Abramov mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi 1:2 hisobida forslarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Tushunarliki, Eron kuchli jamoa. So‘nggi 30 daqiqada yomon o‘ynadik. Imkoniyatlar yaratishda qiynaldik. O‘yin davomida bir qancha futbolchilar yo‘qolib qoldi.
Raqib juda yaxshi o‘ynadi. Ularda potentsial borligini his qilib turdik. Biz o‘ylagan rejalar ish bermadi, uzatmalar o‘xshamadi.
Azmun juda yaxshi darajadagi hujumchi. Himoyachilar elementar xatoga yo‘l qo‘ydi. Gap bu erda hujumchining mahoratida. Mudofaa vakillarimizning yosh bolalarcha xato qilganini ham e’tirof etishimiz zarur", - dedi Vadim Karlenovich.
Fikrlar