Vadim Abramov nega Evropadan raqib tanlanmaganiga oydinlik kiritdi

  • 25 mart, 2021, 12:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.

Tecno

Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"FIFA kunlaridan unumli foydalanishga haraka qilyapmiz. Pandemiya tufayli ancha rejalar o‘zgarib ketdi. Evropadagi terma jamoalar bilan muzokara o‘tkazishimiz mumkin edi, biroq ularda hozir jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Shuning uchun, Afrikadan raqib tanlashga qaror qildik.

Gana kuchsiz raqib emas. Ular Afrikaning 5 karra chempioni hisoblanadi. Ular Toshkentga qanday tarkib bilan kelganidan qat’i nazar, kuchli raqib deb hisoblayman. Biz ham so‘nggi uchrashuvlarni legionerlarsiz o‘tkazdik. Bu jihatdan olib qaraganda, raqibning juda katta farqi yo‘q. Muhimi, bizning yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!