Vadim Abramov: Ostrovskiy bugun yorqin o‘yin ko‘rsatmadi, ammo...
«Dinamo» juda yaxshi jamoa, lekin bugun biz haqli ravishda g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman. Havo issiqligini inobatga olmasa yomon o‘ynamadik, shunchaki hisob 4:1 ko‘rinishini olganida futbolchilarni biroz xotirjamlikka berilgani sababli gol o‘tkazib yubordik.
Legionerlar haqida nima deyishim mumkin? Evgeniy Chumak umumiy ma’noda yomon o‘ynagani yo‘q. Har qanday futbolchiga yangi jamoasiga moslashib olishi uchun vaqt kerak, xususan Chumakka ham. Dmitriy Ostrovskiy esa, bugun Minskdagi yig‘indagi kabi yorqin ko‘rinmadi. Ammo hali hammasi oldinda", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar