Vadim Abramov "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Superliga 12-turi doirasida "Surxon" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yin haqida nima ham deyishim mumkin. Ha, bilardik issiq havo bo‘lishini va biz shu issiq havoga tayyorlangan edik, lekin shamolga qarshi tayyorgarlik ko‘rmagan ekanmiz. Birinchi bo‘limda ko‘rdingiz qanaqa shamol bo‘lganini hattoki futbolchilarimiz to‘pni maydon markazigacha tepa olmadi. Shuning evaziga “Surxon” jamoasi ikki bora darvozamizni ishg‘ol qildi. Bahtga qarshi afsuski, ikkinchi bo‘limda shamol biroz tindi. Gol ura olmadik va 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldik – deydi "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida, - dedi murabbiy.



Fikrlar