Vadim Abramovning O‘zbekiston MTJdagi g‘alaba va mag‘lubiyatlari soni tenglashdi. Statistika

  • 11 oktabr, 2019, 00:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi toshkentda JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yamanga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Uchrashuvda to‘liq ustunlikka erishgan hamyurtlarimiz raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishdi. Vadim Abramov terma jamoaga qaytishini chiroyli o‘yin va esda qolarli g‘alaba bilan boshladi.

Tecno

E’tiborlisi, shu paytga qadar Vadim Abramov rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining 28 o‘yinida murabbiylik qilgan. Bellashuvlarda 11 g‘alaba, 5 durang va 12 mag‘lubiyat qayd etgandi.

Yamanga qarshi bahs esa Abramovning terma jamoadagi 29-uchrashuviga aylandi va murabbiy g‘alabalar sonini mag‘lubiyatlar soniga tenglashtirdi 12ga 12. To‘plar farqi esa hozirgi kunda 43-41, vakillarimiz foydasiga.

O‘ylaymizki, ushbu g‘alabalarimiz bardavom bo‘lib, Vadim Abramovning statistikasi bundanda yaxshiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!