Vadim Nemkov chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi yoxud u endi MMA afsonalaridan biri bilan jang qiladi

  • 19 noyabr, 2022, 10:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"Bellator 288" turnirining markaziy jangi ham o‘z yakuniga etdi. Unda yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida promoushen chempioni rossiyalik Vadim Nemkov Kori Andersonga qarshi oktagonga ko‘tarildi. 

Tecno

"So‘ngi Imperator" Fyodor Emelyanenkoni shogirdi bo‘lgan, Nemkov jiddiy raqibga qarshi to‘liq 5 raund jang olib bordi va Andersonning kurashiga qarshi ajoyib taktika qo‘llagan, Rossiya vakili hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi va chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. 

Shu tariqa Nemkov o‘zining faoliyatidagi 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning 2 mag‘lubiyati ham bor. Ularning birini UFC chempioni Irji Proxazkadan qabul qilib olgan. Endi uning navbatdagi raqibi afsonaviy Yol Romero bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!