"Valensiya" bosh murabbiyi: Hozir men dunyodagi eng baxtli insonman
"Valensiya" klubi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral kecha "Barselona"ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi finalidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu mening murabbiylik faoliyatimdagi ilk sovrinim bo‘ldi va men judayam xursandman. Qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan futbolchilarni, muxlislarni, murabbiylar shtabini va oilamni tabriklayman. Hozir men dunyodagi eng baxtli insonman. Futbl judayam o‘zgaruvchan. Biz mavsumni juda yomon boshlagan edik, biroq yakunda sovrin qo‘lga kiritdik”, - deydi Toral.
Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” 2008 yildan buyon ilk bor sovrin qo‘lga kiritdi. Toral esa murabbiylik faoliyati davomida ilk bor “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar