"Valensiya" etakchilaridan biri bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi

  • 22 aprel, 2019, 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Valensiya" klubi forvardi Denis Cherishev bu mavsum endi boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli rossiyalik futbolchi La Liganing 33-turida “Betis”ga qarshi bahsda jarohat olgan va 34-daqiqada zaxiraga olingan edi.

Ma’lumot uchun, Cherishev joriy mavsum “ko‘rshapalaklar” safida Ispaniya chempionatida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!