
Valverde eng katta orzusi nima ekanligini aytdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoa tarixidan muhim o‘rin egallashidan ishonchi komil.
“Bugungi Fede Valverde uch yil oldingidek emas. Bugun men o‘zimni jamoaning muhim a’zolaridan biri ekanligimni bilaman. O‘ylaymanki, jamoaga himoyada ham, hujumda ham yordam bera olaman.
Bizda jahon chempionatida g‘alaba qozonish va bu sovg‘ani mamlakatga olib kelib, muxlislarimizni xursand qilishdan umidvormiz. Men Chempionlar ligasida g‘alaba qozondim, lekin hamma kabi jahon chempioni bo‘lishni ham xohlayman", - deya 24 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi "Marca".
Yaqinda Luis Suares Valverdeni Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard bilan solishtirgan edi. Shu bois, yarim himoyachi ushbu fikrga munosabat bildirdi.
“Bunday futbolchi bilan solishtirganidan xursandman. Bu bilan faxrlanaman", - deya qo‘shimcha qildi Federiko.
Fikrlar