
Valverde Grizmanning transferiga rozilik bildirdi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning transferiga rozilik bildirdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” ustozi frantsiyalik futbolchini sotib olish masalasida rahbariyat bilan gaplashgan va ular yakunda ushbu transferni amalga oshirishga kelishib olishgan.
Biroq, dastlab “Barsa” futbolchilari Grizmanning transferiga qarshilik qilishayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmanning o‘zi ham “Atletiko”dan ketishi haqida e’lon qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 1 iyul sanasidan boshlab Grizmanning 200 mln evrolik tovon puli 120 mln evroga tushadi.
Fikrlar