Valverde "Las-Palmas"ga qarshi bahsda nima sababdan Suaresni maydonga tushirmoqchi emas?

  • 26 fevral, 2018, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Luis Suares La Liganing navbatdagi turida “Las-Palmas”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

AS nashrining yozishicha kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde sariq kartochkalari 4taga etgan urugvaylik to‘purarni Kanar orollaridagi bahsga olib ketmoqchi emas. Boisi, agar Suares ushbu o‘yinda hakam tomonidan ogohlantirilsa, sariq kartochkalari soni 5taga etadi va u La Liganing “Atletiko”ga qarshi muhim uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Shu bois Valverde uni maydonga tushirib tavakkal qilishni istamayapti.

Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum La Ligada 22ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!