Valverde: Ularni "Siti" kabi hurmat qilamiz

Federiko Valverde Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya" bilan o‘yin haqida fikr bildirdi. 

Bugun jamoalar yarim finalning ilk bahsida Myunxenda kuch sinashadi. 

"Ushbu musobaqada oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Barcha jamoalar hurmatga loyiq. Ayniqsa, "Bavariya". Ular xuddi "Real" kabi doim oxirigacha kurashadi. Biz ularni "Manchester Siti" kabi hurmat qilamiz. 

Biz EChL bosh sovrinini qo‘lga kiritishni istaymiz va o‘zimizdagi bor resurs bilan harakat qilishimiz kerak. Butun jamoa o‘ziga ishonishi kerak. Final uchun kurashamiz",
- dedi urugvaylik xavbek. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!