Valverde Xabi Alonsoning boshqaruvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 14 iyun, 16:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Alonso juda qiziqarli va energiyaga to‘la inson. Uning jamoadagi ishtiroki futbolchilarga katta yordam berayapti. U bizga faqat maydonda emas, shaxsiy jihatdan ham yordam berishga tayyor. Biz barchamiz bir yo‘nalishda harakat qilamiz — bu yil imkoni boricha ko‘proq titullarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz" — dedi Valverde "Madrid Xtra" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso Ispaniya chempionati yakunidan so‘ng Karlo Anchelottining o‘rnini egallab, "qirollik klubi" bosh murabbiyiga aylandi.

18 iyun kuni "qaymoqranglilar" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida ilk o‘yinini Saudiyaning "Al-Hilol" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!