Van Persi: "Arsenal"da mentalitet yo‘q

  • 29 iyun, 2020, 01:34
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Arsenal" sobiq hujumchisi Robin van Persi "kanonirlar"ning hozirgi vaziyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mikel uchun vaziyatni o‘nglash yo‘lini topish juda muhim, deb o‘ylayman.

Burchak to‘plari, erkin zarbalar va havodan beriladigan uzatmalar... Bunday imkoniyatlarni "Arsenal" shunchaki qo‘ldan chiqarishini ko‘rib, nafas etmay qolayotgandek tuyuladi. Ularda mentalitet yo‘q, buni tuzatish kerak.

Ferdinand va Vidich gol o‘tkazib yubormaslik va to‘pga blok qo‘yish uchun kerak bo‘lsa jonini berishga ham tayyor edi. Bunday mentalitet unvon uchun kurashayotgan klubning muhim unsuri hisoblanadi.

Hozir "Arsenal" himoyasida ayni shunday harakatlarni ko‘rmayapman. Bu muammo oldin ham bor edi va hozirgacha hech narsa o‘zgarmagan", - deydi van Persi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!