
Varan APL va La Liganing farqini aytdi
Rafael Varan Angliya va Ispaniya chempionatini solishtirdi.
"Premer-ligada raqobat darajasi hayratlanarli. Biz o‘tgan hafta La Ligada beshinchi o‘rinda borayotgan va APLda so‘nggi o‘rinda borayotgan jamoaga qarshi o‘ynadik. Ochig‘i, qaysi biri qiyinroq bo‘lganinini aytish qiyin.
"Real" Madridda g‘alaba tabiiy jarayon, mag‘lubiyat esa xuddi inqirozday qabul qilinardi. Angliyada har bir g‘alaba katta zavq keltiradi. Sababi, buning uchun ko‘p kuch talab qilinadi.
Faoliyatimni Madridda, Manchesterda yoki Lansda yakunlayman. Ishonchim komilki, yangi jamoaga o‘tmayman. "Real"da bu voqea ro‘y berishi qiyin. Odatga u erga qaytilmaydi. Eng ehtimoliy variant - "Yunayted" yoki "Lans" - dedi "qizil iblislar" himoyachisi.
Fikrlar