Varan mag‘lubiyatni o‘z bo‘yniga oldi

  • 8 avgust, 2020, 09:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi Rafael Varan kecha EChL 1/8 final javob bahsida "Manchester Siti"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Aytish lozimki, “shaharliklar” ikkala golni ham aynan frantsiyalik himoyachining yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolaridan so‘ng kiritishdi.

“Tan olishim kerak, bu mag‘lubiyatga men sababchiman. Ushbu mag‘lubiyat uchun barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Biz bu o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgan edik, ammo xatolar qimmatga tushdi. Jamoadoshlarim uchun afsusdaman.

Men uchrashuv davomida o‘zimni juda yaxshi his qildim. Ehtimol, o‘yin boshida tavakkal qilganimiz bizga qimmatga tushgandir. Faoliyatim davomida bunday xatolarga juda kam yo‘l qo‘yganman va hozirgi holatda jamoadoshlarimning qo‘llab-quvvatlayotganidan xursandman”, - deydi Varan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!