VARDan hech kim bunchalik zarar ko‘rmagan! La Ligada "Real"ning 42 goli bekor qilingan

  • 11.10.2026 10:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» yana bir bor VAR orqali ko‘rilgan epizoddаn so‘ng hakam qaroriga norozi bo‘lishga majbur bo‘ldi.

Shanba kuni Joze Mourin’yu boshqaruvidagi jamoa o‘z maydonida «Vilyarreal» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 71-daqiqasida maydon egalari hisobni 2:0 qilib oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishgandi, ammo Vinisius Juniyor urgan gol hisobga olinmadi. VARdan foydalanilganidan so‘ng, braziliyalik hujumchi zarba berishdan oldin raqib futbolchisini sochidan tortib yuborgani aniqlandi. Hakam Vinisiusga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Jurnalist MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, VAR tizimi 2018 yilda joriy etilganidan buyon bu – La Ligada VAR orqali bekor qilingan «Real»ning 42-goli. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha madriddliklar chempionatda katta farq bilan peshqadam. Ikkinchi o‘rinni «Atletiko» va «Vilyarreal» egallab turibdi – ularning har biri hisobidan 22 tadan gol VAR orqali bekor qilingan. «Barselona» esa bu ro‘yxatda yettinchi pog‘onada, uning natijasi – 19 ta bekor qilingan gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!