
Vavrinka va Federar 3-davrada to‘qnash kelishi mumkin
Ayni paytda AQShning Mayami shahrida tenins bo‘yicha "masters" seriyasiga kiruvchi musobaqaning saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha soat avval turnirning asosiy to‘riga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, shveytsariyalik 2 taniqli tennischilar Sten Vavrinka hamda Rojer Federer uchinchi davrada to‘qnash kelishlari mumkin. Qizig‘i, ular yaqinda nihoyasiga etgan Indian-Uellsdagi "Masters"da ham xuddi shu bosqichda o‘zaro bahs olib borishgan va unda Federerning baland kelgan edi.
Yurtdoshimiz Denis Istomin saralashning ikkinchi davrasida slovakiyalik Lukas Laskoga qarshi bahs olib boradi. Denis bu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, asosiy davraga yo‘l oladi.
Fikrlar