Vaziyat qanday yechim topadi? Vinisiusning rejasi oshkor bo‘ldi

  • 03.08.2026 09:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Juniyor yaqin kunlarda klub rahbariyati bilan yangi shartnoma masalasida hal qiluvchi muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 2 avgust kechqurun braziliyalik futbolchi Madridga qaytgan va bugundan boshlab jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo‘l ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Avvalo u Mourinyo bilan uchrashadi, shundan so‘ng klub rahbariyati bilan muzokara stoliga o‘tadi.

Vinisiusning amaldagi shartnomasi yana 11 oyga mo‘ljallangan. «Real» jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan birini saqlab qolish niyatida, ammo futbolchi talab qilayotgan darajada moliyaviy shartlarni yaxshilashga tayyor emas.

AS ta’kidlashicha, agar tomonlar yaqin vaqt ichida yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, madridliklar braziliyalik hujumchini shu transfer oynasining o‘zida sotish variantni ko‘rib chiqishi mumkin. Klub shunday yo‘l bilan kelajakda uni erkin agent sifatida bepul qo‘yib yuborish xavfini oldini olishni istamoqda.

2025/26 yildgi mavsumda Vinisius «Real» safida barcha musobaqalarda jami 22 ta gol urdi. Avvalroq unga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!