
V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir. Lazizbek Mullojonov jang o‘tkazmay turib g‘alaba qozondi
Bugun Andijon mezbonlik qilayotgan V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning final janglari o‘tkaziladi.
Quyida barcha natijalarni onlayn yozib boramiz. G‘alaba qozongan bokschilar qoraytirilgan tarzda berib boriladi.
-48 kg: Kamronbek Mannobov (Andijon) - Nodirjon Mirzahmedov (Toshkent)
Nodirjon Mirzaaxmedov g‘alaba qozondi va chempionga aylandi.
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov (Andijon) - Foziljon Abdumurodov (Jizzax)
Hasanboy Do‘smatovdan yana bir ajoyib jang va u xaqli tarzda turnir chempioni!
-54 kg: Sadirbek Kamolmirzaev (Farg‘ona) - Sanjar Vahobov (Toshkent viloyati)
Sanjar Vahobov qiyin kechgan jangda g‘alaba qozondi va chempionga aylandi.
-57 kg: Akiitay Rabatov (Qozog‘iston) - Samandar Xolmurodov (Jizzax)
Samandar Xolmurodov g‘alaba qozondi va O‘zbekistonga yana bir oltin medalni taqdim etdi!
-60 kg: Sirojbek Ismoilov (Andijon) - Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo)
Siroj Ismoilov murosasiz jangda g‘alaba qozondi va chempioniga aylandi!
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov (Andijon) - Ruslan Abdullaev (Toshkent viloyati)
Daxshatli jang! G‘alaba Ruslan Abdullaeva berildi. Biroq Mujibullo ham super jang ko‘rsatdi.
-67 kg: Javlon Yo‘ldoshev (Andijon) - Bekzod Hamidov (Buxoro)
Har qanday turnirni bezagiga aylanishi mumkin bo‘lgangan yana bir qarama-qarshilikda Javlonbek Yo‘ldoshev g‘alaba qozondi.
-71 kg: Havasbek Asadullaev (Andijon) - Muxsinbek Korabaev (Andijon)
Havasbek Asadullaev g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi.
-75 kg: Saidjamshid Jafarov (Buxoro) - Aloxon Abdullaev (Namangan)
Taktik kurashlar ostida kechgan jangda Saidjamshid Jafarov g‘alaba qozondi.
-80 kg: Odiljon Aslonov (Buxoro) - Dilshod Ro‘zmetov (Xorazm)
Odiljon Aslonov ushbu jangning ilk raundida nokaut bilan g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi!
-86 kg: Shohjahon Abdullaev (ROPZK) - Jo‘rabek Toshtemirov (Toshkent viloyati)
Shohjaxon Abdullaev g‘alaba qozondi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
-92 kg: Madiyar Saidrahimov (Toshkent viloyati) - Abdulla Rajabov (Toshkent viloyati)
Madiyar Saidrahimov Abdulla Rajabovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
+92 kg: Lazizbek Mullajonov (Farg‘ona) - Shohjahon Abdullaev (Andijon)
Lazizbek Mullojonov musobaqa g‘olibiga aylandi. Shohjahon Abdullaev jangdan bosh tortganligi sababli, Mullojonov turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar