Velosport. Hamyurtimiz Malayziyadagi turnirda chempion bo‘ldi

  • 07.01.2026 21:08
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport

Ayni kunlarda Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha “ASEAN TRACK SERIES” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Bugun turnirning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sergey Rostovsev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga omnium yo‘nalishida erishdi. Qayd etish joiz, ikki bosqichda tashkil etiladigan mazkur turnirda 6 nafar hamyurtimiz yangi murabbiylar Yohan Donbush (Germaniya) hamda Olga Zabelinskaya qo‘l ostida qatnashishmoqda.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!