
Venger: Bu mavsum yo‘qotilgan har bir ochko yakunda qimmatga tushishi mumkin
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger kecha APLning dastlabki turida bo‘lib o‘tgan “Lester”ga (4:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz iroda ko‘rsata oldik va so‘nggi daqiqalargacha hujum qildik. Darvozamizga kiritilgan ba’zi gollardan qutilib qolishni imkoniyati bor edi. Biz bu borada ishlaymiz.
Jiru? Men uni inson sifatida ham futbolchi sifatida ham hurmat qilaman. U fantastik yigit. Bir paytlar tarkibimizda hujumchilar ko‘payib ketganida men unga jamoadan ketishni maslahat berganman, ammo u qolishni istadi. Bizni oldinda ko‘plab o‘yinlar kutib turibdi va umid qilamanki har bir hujumchiga imkoniyat berishga vaqt topiladi.
Bu mavsum g‘oliblik uchun 6-7 jamoa kurash olib boradi. Bu esa chempionatni yanada qiziqarliroq qiladi. Har bir yo‘qotilgan ochko esa yakunda qimmatga tushishi mumkin”, - frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar