Venger: Bunday o‘yinda 11 daqiqada 2 gol o‘tkazmaslik kerak
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Premer-Ligasi 15-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyat (1:3)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Menimcha, biz o‘yinni yomon boshladik va ikki bor o‘z darvozamiz oldida xato qildik. Bunga o‘zimiz aybdormiz. O‘yinni 0:2 dan boshlaganimzga qaramay, biz o‘yinga qaytishimiz kerak edi va bizda etarlicha imkoniyat bo‘ldi.
Ajoyib o‘ynadik, ammo gol kirita olmadik. Bu juda katta ruhiy zarbadir. O‘z maydoningda 11 daqiqada ikki gol o‘tkazmaslik lozim”, – deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi BBC.

Fikrlar