Venger: Enrikeni ikki hafta "chaynashdi", endi esa uni qahramon deyishmoqda

  • 10 mart, 2017, 17:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger ikki hafta oldin Parijda 4:0 hisobida imkoniyatni boy bergandan so‘ng katta tanqidlarga qolgan "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ikki hafta oldin barcha Luis Enrikeni tanqid qilgan va uning iste’fosini talab qilgan edi. Yakunda u ketishga ham rozi bo‘ldi. Endichi? Endi u qahramon bo‘ldi. Murabbiylarning ishi shunaqa.
PSJning golidan so‘ng uchrashuv ohiri nima bilan yakunlanishiga juda qiziqdim. O‘yin yakunlangach esa o‘zimga-o‘zim faqat bitta savol berdim: "Bu qanday sodir bo‘lishi mumkin?". Men futbolda uzoq yillardan buyon faoliyat olib boraman, ammo, aytishim kerakki bunaqasi bo‘lmagan", -
deydi frantsiyalik mutaxassis Mirror nashriga.

Tecno


Eslatib o‘tamiz, "Barselona" javob bahsida PSJni 6:1 hisobida enggib, chorak finalga yo‘l olishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!