Venger: Gnabri bilan bo‘lgan voqealardan haligacha afsuslanaman

  • 20 avgust, 2020, 14:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” jamoasi sobiq ustozi Arsen Venger bir vaqtlar qo‘l ostida to‘p tepgan Serj Gnabri haqida gapirdi:

“U juda kreativ futbolchi. Ikkala oyoqda ham birdek harakat qilib, chiroyli gollar urishga qodir. Tezkorlik bilan oldinga yugurganida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi va aqlli harakatlarni amalga oshiradi.

Biz uni “Vest Bromvich”ga ijaraga bergan edik. Ammo u o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi. Jamoaga qaytganida esa uni jarohatlar tinch qo‘ymayotgan edi. Biz shunda uni sotib yuborishga qaror qilganmiz. Men bundan haligacha afsuslanaman”.

Serj Gnabri 2011 yil “Arsenal” yoshlar jamoasiga qabul qilingan va omadsiz o‘tgan 5 yildan keyin bu klubni tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!