Vernerni "Chelsi"ga o‘tishga kim ko‘ndirayotganini bilasizmi?

  • 29 may, 2020, 23:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner yozda klubini o‘zgartirishga yaqin.

Tecno

“Sport Bild” jurnalisti Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, Vernerning yaqin do‘sti, hozirda "Chelsi" klubi safida harakat qilayotgan Antonio Ryudiger hujumchini London klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Avvalroq Vernerning "Liverpul"ga o‘tishga yaqinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, hujumchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda Verner Bundesligada 28 ta o‘yin o‘tkazdi, 24 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!