
Veronika Sepede Royg uch setda taslim bo‘ldi
Nottingemda o‘tayotgan “Nature Valley Open” turnirida xotin-qiz tennischilar ikkinchi davraga chiqish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
Musobaqaning birinchi bosqichida ruminiyalik Mixaela Buzarnesku paragvaylik Veronika Sepede Roygni 6:2, 3:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Amerikalik Irina Falkoni esa avstraliyalik Arina Rodionovani 6:4, 6:1 hisobida engdi.
Endi turnirning ikkinchi davrasida Mixaela va Irina chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.
Fikrlar