Verratti: Bu urushda hammamiz tengmiz

  • 14.04.2020 22:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar tarqatmoqda.

“Bu urushda hammamiz tengmiz. Italiya va Frantsiyada hozir og‘ir davr. Har oqshom soat 8 da biz urushning eng asosiy qahramonlari - shifokorlarni olqishlaymiz. Chunki ular kuniga 12,15, 18 soatlab ishlashadi”, - deydi italiyalik futbolchi.

Aytish kerakki, ayni damgacha sayyoramizda 2 millionga yaqin odamda koronavirus aniqlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!